9-WordPress dars: Tema(Shablon)larni o’rnatish usullari

WordPress asosi bo’lgan temalar haqida, oldingi darsda boshlagan edik, endi shu temalarni o’rnatishni ko’rsatib beraman. Agar temalar haqida ma’lumotga ega bo’lmasangiz, Temalar haqida tushuncha va ularning turlaria nomli darsimizni o’qib chiqing.


WordPress’da tema o’rnatishni bir necha usullari bor, ularni birma bir ko’rsatib o’taman.



  1. Admin panel orqali internetdan to’g’ridan-to’g’ri ko’chirgan holda. Uning uchun admin panelga kiramiz va temalar bilan ishlovchi menyuni ochamiz:


«Внешний вид» -> «Темы»


Wordpress theme


Ochilgan oynaning yuqori qismidagi «Добавить новую» yozuvini bosamiz va kerakli tema nomini kiritib qidiramiz yoki taklif qilingan filter orqali tema kriteriyalarini aniqlashtirib qidiramiz.


Wordpress theme


Shundan so’ng, siz bergan filter yoki nomni qanoatlantiruvchi temalar chiqadi, shulardan kerakligini tanlaymiz va «Установить» tugmasini bosamiz.


Wordpress theme


Bu tema o’rnatishni bir yo’li, lekin men hech qachon bunday o’rnatmaganman, sababi bunday qidirib o’rnatishda, asosan standart temalar chiqadi, chunki qidiruv, worpdress saytidan qidiriladi, noananaviy temalar chiqmaydi.


Endi tema o’rnatishni keyingi yo’lini ko’rsataman.



  1. Temani google orqali qidirib kompyuterga ko’chirib olib o’rnatish. Bu usuldan ko’pchilik foydalansa kerak. Demak, google orqali kerakli temani topamiz, qidirishda qanday so’zlardan foydalanish kerakligi haqida oldingi darsda yozib o’tganman, misol uchun:


WordPress theme free


WordPress theme for blog


One Page WordPress theme


Temalar odatda .zip formatida bo’ladi. Demak, tema topdingiz, uni internetdan ko’chirib oldingiz, endi shu .zip faylli temani quyidagi katalogga ko’chiramiz(denwer misolida):


site_nomi\www\wp-content\themes\


Saytingiz ichiga o’rnatilgan WordPress  CMS’ni, wp-content\themes katalogiga.


Shundan so’ng, .zip temani arxivdan chiqaramiz, bunda bizga Winrar dasturi kerak bo’ladi, shu .zip formatga sichqonchani o’ng tugmasini bosib, «Извлечь в текущую папку» menyusini tanlaymiz, shunda .zip faylli tema, papka ko’rinishida bo’lib qoladi, shu papka ichida siz tanlagan tema fayllari joylashgan.


Wordpress theme


Temani tayyorlab oldik, endi saytning admin panliga o’tamiz va tema menyusi ichiga kiramiz(«Внешний вид» -> «Темы»).


Ko’rib turganingizdek, temalar ichida siz ko’chirib olgan temangiz ham paydo bo’ldi, uni aktivlashtirish qoldi holos. Demak, siz tanlagan temani ustiga borib «Активировать» tugmasini bosamiz, biroz kutamiz va tema o’rnatiladi.


Wordpress theme


Shu yo’llar bilan istalgan WordPress temasini o’rnatishingiz mumkin. Ba’zi temalar o’rnatilishda, muammo tug’dirishi mumkin, buning sabablari:


— tema to’liq emas;


— internetdan tema to’liq ko’chirib olinmagan;


— tema ichida virus mavjud;


— tema WordPress versiyasiga mos tushmagan.


Temalar bo’yicha shu, savollar bo’lsa, ask.itportal.uz saytiga yozing.