8-WordPress dars: Temalar haqida tushuncha va ularning turlari

Sayt asosi va strukturasi ma’lum bir qolipga asoslangan bo’ladi, odatda Worpdress’da qolib tushunchasi o’rniga Tema(Theme) ishlatiladi, Joomlada esa Shablon. Shunday ekan, biz darslarimizda qolib so’zini Tema deb yuritamiz.


WordPress CMS’da temalar har xil ko’rinishga ega bo’ladi, siz ulardan birini tanlab hosil qilayotgan saytingizga o’rnatasiz va sizning sayt shu tema asosida ishlaydi.


Temalar, ustun bo’yicha tuzilishiga ko’ra, asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:


1 ta ustunli(One page);


Wordpress theme


2 ta ustunli;


Wordpress theme


3 ta ustunli;


Wordpress theme


va boshqalar.


Menyular joylashishi bo’yicha:


2 tomonda(chap va o’ng);


quyi qismida;


faqat chap tomonda;


faqat o’ng tomonda;


Sayt turlari bo’yicha(Sayt turlari haqida):


Internet do’kon;


blog;


portal va boshqalar.


Mavzular bo’yicha:


Biznes;


IT;


ta’lim;


musiqa;


o’yin va boshqalar.


Moliyaviy tomondan:


pullik temalar(Premium), bu turdagi temalarni quyidagi saytlardan olishingiz mumkin:


* http://themeforest.net/


* http://www.elegantthemes.com/


* https://www.woothemes.com/


* http://www.goodwinpress.ru/vse-shablony-dlya-wordpress/


* http://styledthemes.com/ va boshqalar.


bepul temalar(Free), bu turdagi temalarni quyidagi saytlardan ko’chirib olishingiz mumkin:


* https://wordpress.org/themes/browse/new/


* https://mythemeshop.com/theme-category/free-wordpress-themes/


* http://www.s5themes.com/themes/


* https://siteorigin.com/


* https://wpmag.ru/


* http://themehybrid.com/themes


* http://wp-templates.ru/ va boshqalar.


Pullik temalarni ham bepulga topishingiz mumkin, lekin to’liq ishlatishga qiynalasiz yoki ko’chirib olgan temangizda virus bo’ladi(bu tajribadan o’tgan). Katta hajmdagi loyihalarni qilishda albatta pullik temalarni tanlash lozim, sababi:


— pullik temalarda support(qo’llab quvvatlash) mavjud bo’ladi;


— tema ichida, siz uchun qo’shimcha xizmatlar qilib berishligi mumkin;


— tema kodlari ichida ortiqcha(мусор) kodlar kam bo’ladi;


— temani ishlatish bo’yicha qo’llanma taqdim etiladi;


—  tema bo’yicha yangilanishlar(Update) berib boriladi;


— yangilanishlar chiqarishda sizning fikrlaringiz ham inobatga olinadi va boshqa qulayliklarga ega.


Moslashuvchanlik bo’yicha:


Responsive — barcha o’lchamdagi ekranlar uchun moslashuvchan temalar;


no responsive — o’zgarmas temalar, kichik ekranlarda ham sayt o’z o’lchamini o’zgartirmaydi va brauzerdagi yurgizgich orqali sayt to’liq ko’riladi, hozirda bunday temalarga talab kamayib ketmoqda.


Yuqoridagilardan tashqari yana ranglar bo’yicha(asosan qora rangli temalar, ko’k rangli temalar), tillar bo’yicha(rus tilidagi temalar, ingliz tilidagi temalar) va shunga o’xhash boshqa kriteriyalar bo’yicha ham temalarni qidirib topishingiz mumkin.


Bular WordPress temalari haqida umumiy tushuncha edi, bu bo’linishlarni bilgan holda Google orqali temalarni topish yengillashadi va vaqt sarfi ham kamayadi.


Google qidiruv tizimida, mana bunday qidiruv so’rovini berishingiz mumkin.


Download Free WordPress theme responsive for IT blog


Temalarni ko’chirib olganingizdan so’ng, albatta(!) virusga tekshirib oling.